МойСклад O'zbekistondagi rasmiy hamkor · OY

MoySklad —
biznes nazoratda

OY — Toshkentdagi МойСклад (MoySklad) rasmiy hamkori. O'zbekiston bizneslari uchun ombor va savdoni avtomatlashtiramiz: jarayonlar auditi, tizimni sozlash va xodimlarni o'qitish.

MoySklad joriy etish · Avtomatlashtirish · Tizimlashtirish

  • 50+Mamnun mijoz
  • 250+O'qitilgan xodim
  • 5+Yil tajriba
Faqat МойСклад — bo'lingan e'tibor yo'q 50 000+ tashkilot ishlatayotgan tizim Murojaat kuniyoq javob beramiz O'zbek va rus tillarida qo'llab-quvvatlash Yashirin to'lovlarsiz
Muammo

Excel biznesingizni
ko'rsatmaydi — yashiradi

Savdo ketyapti, pul aylanyapti. Lekin aniq raqamlar qayerda? Mana, tadbirkorlardan eng ko'p eshitadigan to'rtta og'riq.

  1. 01 / 04

    Ombor —
    qorong'i quti

    Qancha tovar bor, qanchasi yo'qolgan — buni faqat inventarizatsiya kunida bilasiz. Oradagi uch oyga esa hech kim javob bera olmaydi.

    Kamomad har oy sezilmasdan ketadi

  2. 02 / 04

    Foyda —
    taxmin

    Aylanma katta, savdo yaxshi. Lekin sof foyda qancha? Excel formulasi allaqachon buzilgan — har bir hisobot boshqa raqam chiqaradi.

    Qarorlar raqamga emas, hissiyotga asoslanadi

  3. 03 / 04

    Nasiya —
    qora daftar

    Kim qancha qarzdor? Kim 1 yildan beri to'lamayapti? Daftarda hammasi bor — lekin jamlab hisoblash oxiri yo'q ish.

    Pulingiz boshqalarning qo'lida qolib ketadi

  4. 04 / 04

    Biznes
    sizsiz to'xtaydi

    Har bir savol, har bir tasdiq siz orqali o'tadi. Ta'tilga chiqa olmaysiz — chunki tizim bu siz o'zingiz.

    O'sish sizning vaqtingizga bog'lab qo'yilgan

  5. Javob

    «Mening biznesim o'ziga xos — menga hech qanday dastur to'g'ri kelmaydi»

    Muammo dasturda emas — ko'rinmayotgan raqamlarda. 50 dan ortiq mijozimiz ham xuddi shu gapdan boshlagan edi.

    Muammoni birga ko'rib chiqamiz

Qaysi biri sizda bor —
auditda aniqlaymiz

Bu muammolarning har biri biznesingizni o'ldiradi. Muammolaringiz aniqlab amaliy yechimlar beramiz — bepul va majburiyatsiz.

Muammoni birga ko'rib chiqamiz

Ism va telefon — qolganini suhbatda so'raymiz.

Ismingizni kiriting
To'g'ri telefon raqam kiriting
Mijozlar

Bizga ishonishadi

Chakana tarmoqlar, ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdo va marketpleys sotuvchilari — 50 dan ortiq kompaniya МойСклад'ga biz bilan o'tgan.

Asaxiy Pepito Vitagum Dodo Kids Bravium Fruit City
Eramax Yarko Market Kontrol Uhud Ario Bootfor
Yechim

Bir oydan keyin
biznesingiz shunday ko'rinadi

Bir xil biznes, bir xil jamoa — faqat endi har bir raqam joyida turadi.

  1. 01 / 06

    Qoldiq real vaqtda

    Har bir ombor va filial bo'yicha, kunning istalgan soatida. Inventarizatsiya kunini kutish shart emas.

  2. 02 / 06

    Sof foyda avtomatik

    Tannarx va marja tizim tomonidan hisoblanadi. Formula buzilmaydi, har bir hisobot bir xil raqamni ko'rsatadi.

  3. 03 / 06

    Nasiya nazorat ostida

    Mijoz bo'yicha qarz summasi, muddati va to'lov tarixi — bitta ro'yxatda, filtr bilan.

  4. 04 / 06

    Hisobot bir tugmada

    Telefoningizdan ham ochiladi. Yarim kunlik qo'l mehnati yo'q — savdo, marja va pul oqimi tayyor.

  5. 05 / 06

    Har bir amal qayd etiladi

    Kim, qachon, nima qilgani tizimda qoladi. Tasodifan bilib qolish o'rniga — ochiq tarix.

  6. 06 / 06

    Jamoa o'z rolida ishlaydi

    Sotuvchiga kassa, omborchiga ombor. Siz nazorat qilasiz, har bir masalani hal qilmaysiz.

Buni biznesingizda ko'rishni xohlaysizmi?

Bepul auditdan boshlash
Afzalliklar

Nega aynan biz

Biz МойСклад orqali savdo va ombor hisobini yo'lga qo'yishga ixtisoslashganmiz. Hamkorlik maqomimizni ishlab chiquvchining rasmiy katalogida tekshirishingiz mumkin.

Faqat МойСклад

Asosiy yo'nalishimiz — МойСклад'ni joriy etish. Ombor, savdo, ma'lumot ko'chirish va jamoani o'qitishni bitta loyiha sifatida ko'rib chiqamiz.

Rasmiy hamkor

Sub-hamkor emas, vositachi emas. Shartnoma № 2023-3501 asosida to'g'ridan-to'g'ri ishlaymiz — murakkab masalada МойСклад muhandislariga o'zimiz murojaat qilamiz.

Joriy etish tajribasi

50 dan ortiq kompaniya, 250 dan ortiq o'qitilgan xodim. Pepito, Asaxiy, Europol, Dodo Kids, Uhud — turli sohalardagi tanilgan brendlar bilan ishladik.

Kalit topshirish

Auditdan tortib xodimlarni o'qitishgacha — hammasini biz bajaramiz. Texnik topshiriq yozish sizning ishingiz emas. Sizdan faqat javob va tasdiq.

O'zbek tilida

Konsultatsiya, o'qitish, qo'llanma va texnik yordam — o'zbek yoki rus tilida. Xodimlaringiz tarjimonsiz tushunadi, savolini bemalol beradi.

Shaffof narx

Aylanmangizga yoki biznesingiz katta kichikligiga qarab narx aytmaymiz. Bizda har bir qilinadigan ishning aniq narxi bor va u o'zgarmaydi.

Rasmiy hamkorlik

МойСклад'ning O'zbekistondagi
rasmiy hamkori

Shartnoma asosida ishlaymiz. Murakkab masalalarda МойСклад jamoasi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanamiz — bu vaqtni tejaydi.

МойСклад rasmiy hamkor sertifikati — OY, shartnoma № 2023-3501
Sertifikat
№ 2023-3501
Hamkorlik
2023-yildan buyon amal qiladi
Qo'llab-quvvatlash
МойСклад muhandislari bilan bevosita aloqa
Jamshid Fayziev МойСклад rahbariyati bilan
МойСклад rahbari bilan hamkorlik Hamkorlik masalalari bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri aloqa
Jamshid Fayziev Alisher Isayev va Alisher Avazov bilan
Alisher Isayev va Alisher Avazov ustozlar bilan Ustozlardan biznes bo'yicha amaliy ilmlar olgan
Yo'nalishlar

Sohangizni tanlang —
qolganini biz qilamiz

Savdo va ishlab chiqarish jarayonlaringizga МойСклад mosligini tekshiramiz. Nimadan boshlashni bilmasangiz — birga aniqlaymiz.

Top

Chakana savdo

Kassa, qoldiq, narxnoma, sodiqlik dasturlari

Ulgurji savdo

Buyurtma, ta'minotchi, avtomatik xaridlar

Top

Internet-do'kon

Uzum, Wildberries, sayt — barcha buyurtma bitta darchada

Sizning biznesingiz

Sohangizga moslikni auditda tekshiramiz

Ishlab chiqarish

Texnologik karta, rejalashtirish, tannarx

Top

Moliya va hisobot

P&L, pul oqimi, marja, ABC-tahlil

Telegram-bot

Buyurtma va hisobotlar to'g'ridan-to'g'ri telefonda

Onlayn-kassa

Fiskal moslamalar va shtrix-kod skanerlari

API va integratsiya

Maxsus ulanishlar va individual yechimlar

Mobil ilova

Ombor va savdo nazorati istalgan joydan

50+

kompaniya allaqachon biz bilan avtomatlashtirildi

Sohangizni muhokama qilish
Xizmatlar va narxlar

O'z yo'lingizni tanlang

Biz sizga tizim qurib beramiz, yoki o'zingizga qurishni o'rgatamiz — tanlovni o'zingiz qilasiz

Eng ko'p tanlanadi Joriy etish

МойСклад'ni biznesingizga joriy qilamiz

Jarayonlaringizni o'rganamiz, tizimni noldan sozlaymiz, kassa, ombor va marketpleyslarni ulaymiz, jamoangizni rollar bo'yicha o'qitamiz. Sizdan — savollarga javob. Bizdan — ishlaydigan tizim.

$800dan

To'liq diapazon $800 – $10 000. Ish ko'lamiga qarab narxlar o'zgaradi.

  • Jarayonlar auditi va texnik topshiriq
  • Katalog, ombor va moliya sozlamalari
  • Kassa, bank, marketpleys integratsiyalari
  • Jamoani rollar bo'yicha o'qitish
  • Ishga tushgandan keyin texnik yordam
Aniq narxni bilish
Oflayn kurs 5 hafta · Toshkent

МойСклад'ni o'zingiz o'rganing

Toshkentda amaliy kurs: ombor, moliya, avtomatlashtirish va integratsiyalar. Yakunida — tayyor tizim va sertifikat.

$2 000 $3 000

Cheklangan o'rinlar. Joriy etish narxiga kirmaydi.

  • 5 ta oflayn mashg'ulot — 3 soatdan
  • Zoom onlayn sessiya — 1.5 soat
  • Rasmiy sertifikat
  • 1 oylik texnik yordam
Kurs haqida batafsil
Onlayn O'z sur'atingizda

Video darslar

Toshkentga kela olmaysizmi? Xuddi shu dastur — yozib olingan video darslarda, istalgan vaqtda ko'rasiz.

$500

Bir marta to'lov. Joriy etish narxiga kirmaydi.

  • To'liq video kurs
  • Umrbod kirish huquqi
  • Amaliy topshiriqlar
  • Telegramda savol-javob
Kursga yozilish

Joriy etish tariflari

Tayyor tarif yo'q — bir do'kon bilan besh filialli tarmoqni bir xil narxda avtomatlashtirib bo'lmaydi. Quyida real diapazonlar. Kurs va video darslar bunga kirmaydi.

Kichik biznes

Bitta do'kon yoki ombor

$800dan

Oddiy katalog, bitta savdo nuqtasi, asosiy hisobotlar. Odatda 1 haftada ishga tushadi.

Eng ko'p buyurtma O'suvchi biznes

Bir nechta filial

$2 000dan

Bir nechta ombor va filial, kassa va bank integratsiyasi, marketpleyslar, jamoani o'qitish.

Turnkey

To'liq kalit topshirish

$5 000dan

Chuqur audit, baza tozalash, maxsus API integratsiyalari, individual shablonlar va uzoq muddatli hamrohlik.

Narxga nima ta'sir qiladi

Tovarlar soni 500 ta pozitsiya bilan 50 000 ta pozitsiya bir xil emas
Integratsiyalar Kassa, bank, Uzum, Wildberries, sayt, Telegram-bot
Filiallar soni Har bir ombor va savdo nuqtasi alohida sozlanadi
O'qitish hajmi Necha xodim, qancha rol, qancha mashg'ulot kerak

Aniq summani auditdan keyin aytamiz — odatda 1–2 kun ichida, majburiyatsiz.

Jarayon

Qanday ishlaymiz

Uch bosqich. Har birida nima bo'lishini oldindan bilasiz — kutilmagan hisob-fakturalar yo'q.

  1. 1–2 kun

    Ariza va audit

    Siz murojaat qilasiz. Biz jarayonlaringizni o'rganamiz va aniq reja, muddat va narx bilan qaytamiz. Bu bosqich bepul.

  2. 3–14 kun

    Sozlash va integratsiya

    Katalog, ombor va moliya sozlanadi. Kelishilgan kassa, bank yoki marketpleys integratsiyalarini sinovdan o'tkazamiz.

  3. 1 oygacha

    O'qitish va hamrohlik

    Jamoani rollar bo'yicha o'qitamiz. Ishga tushgandan keyin ham yoningizda qolamiz — savollar odatda birinchi oyda chiqadi.

Savollar

Ko'p so'raladigan
savollar

Javobini topa olmadingizmi? Telegramda yozing — bir kun ichida javob beramiz.

Telegramda so'rash

$800 dan boshlanadi. Aniq summa tovarlar soni, integratsiyalar, filiallar va o'qitish hajmiga bog'liq. Ko'pchilik loyihalar $800–$10 000 oralig'ida. Auditdan keyin aniq raqamni aytamiz — audit bepul.

Oddiy loyiha — 1 hafta. O'rtacha — 2 hafta. To'liq «kalit topshirish», ko'p filial va maxsus integratsiyalar bilan — 1 oygacha. Aniq muddatingiz bo'lsa, boshidan ayting — rejani shunga moslaymiz.

Moslikni auditda tekshiramiz: savdo va ombor jarayonlari, hisob talablari, integratsiyalar hamda xodimlar rollarini ko'rib chiqamiz. МойСклад barcha vazifaga mos kelmaydi; cheklovlarni ish boshlashdan oldin aytamiz.

Ha. МойСклад interfeysi Excel formulalaridan ancha sodda — sotuvchi odatda bir kunda o'rganadi. Biz jamoani rollar bo'yicha o'qitamiz: sotuvchiga faqat kassa, omborchiga faqat ombor. Har kim o'z ekranini ko'radi, ortiqchasini emas.

Ha, va bu ko'pchilik uchun asosiy sabab bo'ladi. Har bir mijoz bo'yicha qarz summasi, muddati va to'lov tarixi ko'rinadi. Kim qancha qarzdor, kim qachondan beri to'lamayapti — bitta ro'yxatda, filtr bilan.

МойСклад — bulutli servis. Ma'lumotlar shifrlangan kanal orqali uzatiladi va bir nechta serverda zaxiralanadi. Xodimlar faqat siz bergan huquqlar doirasida kirish oladi — masalan, sotuvchi tannarxni ko'rmaydi.

Bepul audit

Biznesingizni
birga ko'rib chiqamiz

Qisqa suhbat — 15–20 daqiqa. Jarayonlaringizni tushunamiz va aniq reja, muddat va narx bilan qaytamiz.

  • Majburiyatsiz — audit bepul va hech narsaga bog'lamaydi
  • Murojaat kuniyoq javob beramiz
  • МойСклад mos kelmasa — buni ochiq aytamiz
  • O'zbek yoki rus tilida — qulay bo'lganida

Qo'ng'iroqqa yozilish

Telefon raqamingizni qoldiring — biz o'zimiz bog'lanamiz.

Ismingizni kiriting
To'g'ri telefon raqam kiriting

Yuborish orqali siz biz bilan bog'lanishimizga rozilik bildirasiz. Raqamingiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Bepul audit Qo'ng'iroq